Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova tomonidan bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, yog‘, go‘sht, sabzavot va boshqa kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narxlari monitoring qilinib, ularning aholiga yetkazib berilish holati atroflicha tahlil etildi.
📥Shuningdek, savdo rastalaridan mahsulotlarning sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda sotuvchilar tomonidan belgilangan narxlarning asosliligi yuzasidan ham o‘rganishlar olib borildi.
📥Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish, mahsulotlar yetkazib berilishini barqaror ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
📥Shu bilan birga, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish yuzasidan takliflar bildirildi.
📥O‘rganish yakunlari bo‘yicha ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish, aholi uchun qulay va barqaror narx siyosatini ta’minlash muhimligi qayd etildi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati