35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Ahrorxon Xoshimxonov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ahrorxon Xoshimxonov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ahrorxon Xoshimxonov tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda fuqarolar murojaatlari yuzasidan axborot taqdim etildi.

🤝 Uchrashuvda tuman hokimligi mas’ul xodimlari, tegishli tashkilot va xizmatlar vakillari, mahalla raislari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Muloqot davomida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda aholi murojaatlarini manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

📍 Xususan, Xon Tepa mahallasida fuqarolarni qiynayotgan muammolar bilan bir qatorda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Firibgarlik, telefon va internet orqali aldov, bank kartalari hamda shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar muhokama qilinib, aholining huquqiy savodxonligi va hushyorligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

🛣 Deputat axborotida saylov okrugidagi mahallalarda amalga oshirilgan infratuzilmaviy ishlar ham alohida qayd etildi. Eski Jaloyir mahallasida 3 000 kv.m ichki yo‘l asfaltlanib, 1 100 kv.m piyodalar yo‘lagi barpo etildi. 1 ta bolalar maydonchasida qurilish ishlari olib borilmoqda, 1 ta workout va 1 ta futbol maydonini tashkil etish belgilangan. Shuningdek, 120 tup daraxt ekilib, 1 700 metr bordyur yotqizildi.

🌳 Xon Tepa mahallasida 3 500 kv.m ichki yo‘l asfaltlanib, 1 800 kv.m piyodalar yo‘lagi barpo etildi. 2 ta bolalar maydonchasida qurilish ishlari olib borilmoqda. 1 ta quduq qazilib, 2 km sug‘orish tizimi tashkil etildi, nuroniylar maskanida qurilish ishlari olib borildi, 300 tup qo‘shimcha daraxt ekildi hamda mahallaga kirish qismida arka o‘rnatildi.

🔺 Daryo bo‘yi mahallasida esa 4 000 kv.m ichki yo‘l ta’mirlandi, 2 ta bolalar maydonchasi barpo etildi, 5 ta ko‘p qavatli uyning fasadi va 6 ta ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari ta’mirlandi. Shuningdek, nuroniylar maskanida qurilish ishlari olib borilmoqda, 180 tup daraxt ekildi, 20 ta o‘rindiq va chiqindi qutisi o‘rnatildi hamda 1 700 metr bordyur yotqizildi.

📁 Axborot davomida deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiyalar faoliyatida ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, mahalliy budjet va infratuzilma loyihalari, aholi bandligi, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, yo‘l va transport, obodonlashtirish hamda jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirganini qayd etdi.

🔎 Axborot uchrashuvidan so‘ng deputat Ahrorxon Xoshimxonov mas’ullar bilan birgalikda hududni joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, obodonlashtirish holati, bolalar va sport maydonchalari, sug‘orish tizimi hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan boshqa masalalar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

💬 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni tegishli davlat organlari hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

✅ Yakunda Ahrorxon Xoshimxonov aholi bilan muntazam ochiq muloqotni davom ettirish, firibgarlik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5