35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Marg‘ilon shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, amaldagi qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish hamda sohada mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A. Ermatov hamda deputat R. Alijonova tomonidan hududlarda yo‘l harakati xavfsizligi holati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-sonli “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash, shuningdek, hududlarda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida shahar hokimi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi R. To‘xtasinov, Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A. Umarqulov hamda Toshkesar MFY raisi A. Nurmatov ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda ularning oldini olish va kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, ichki ko‘chalarning yo‘l harakati qatnashchilari uchun xavfsizligi, mavjud yo‘l infratuzilmasining holati, harakatlanish uchun noqulay bo‘lgan nuqtalar hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlil qilindi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joizki, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash nafaqat tegishli mutasaddi tashkilotlarning, balki mahalliy Kengash deputatlarining ham doimiy e’tiboridagi muhim masalalardan biridir. Shu bois bunday o‘rganishlar hududlardagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash, ularning yechimiga erishish va qonun hujjatlari ijrosini samarali nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi masalasi deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5