Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati G.Abramatova “Bo‘ston” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlarining (mahalla yettiligining) bugungi kundagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
💬 Ushbu o‘rganish jarayoni va tizimli tahlillar bevosita:
🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni (mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish va mahallalarda davlat dasturlari ijrosini ta'minlashga oid talablar);
🟢Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.
💬 Tahlil jarayonida nimalarga e’tibor qaratildi:
🟢Xonadonbay o‘rganishlar sifati: Mahalla xodimlarining hududdagi real holatni, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal etish darajasi;
🟢"Daftarlar" bilan ishlash: "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" ro‘yxatidagi fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasidagi amaliy natijalar;
🟢"Yettilik" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodimlarning o‘zaro muvofiqlashgan holda ish tashkil etishi.
💬 Muloqot va tahlillar yakunida deputatlar tomonidan mahalla xodimlariga PF-209-sonli Farmon talablaridan kelib chiqib, ish faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlashda tezkorlik va shaffoflikni ta'minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar va aniq ko‘rsatmalar berildi.