Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 19-Qizil olma saylov okrugidan saylangan deputat Artikova Umida Djumayevna tumandagi 17- maktabda bo‘lib, bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlarga yakunlovchi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlari, orzu qilgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari hamda kelajakda o‘z maqsadlari sari qat’iyat bilan intilishlarini tilab qoldi.
Shuningdek, maktabda kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitobning inson kamolotidagi o‘rni, bilim va ma’naviyat manbai ekanligi haqida fikr almashildi.
“Kitobsiz aql — qanotsiz qush”, “Kitob — aql qayrog‘i”, “Kitob xazina, bilim boylik” shiorlari ostida o‘tgan tadbir yakunida deputat tomonidan o‘quvchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.