Deputat mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Uchrashuv davomida, ayniqsa, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda ko‘chalarning tungi paytda yetarli darajada yoritilmagani bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Aholi vakillarining ta’kidlashicha, ayrim ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelgani transport qatnovi va piyodalar harakatida noqulayliklar tug‘dirmoqda. Shuningdek, tungi yoritish tizimining yetarli emasligi fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mavjud muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi, masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.