Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri Mastura Salimova boshchiligida shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar, tadbirlar rejasi ham kelishib olindi. Hamkorlikni yanada rivojlantirish orqali jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlash asosiy maqsad etib belgilandi.

Slide 1 of 1