Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Alimov tomonidan hududda yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi hamda har bir masala alohida tartibda ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahalla kengashi faoliyatiga doir masalalar, ijtimoiy muammolar, infratuzilma va obodonlashtirish bilan bog‘liq murojaatlar atroflicha tahlil qilindi.
Aniqlangan muammolarning asosiy qismi joyida hal etildi. Tezkor yechim talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar deputat tomonidan alohida nazoratga olinib, ularning ijobiy yechim topishi yuzasidan amaliy choralar belgilanmoqda.