Deputatmahalla faollari bilan uchrashib, dolzarb masalalarni muhokama qildi.
📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tumandagi “Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📄Uchrashuv davomida hududda olib borilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan
hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.
📊Shuningdek, uchrashuvda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yanada yaxshilash, aholining turmush darajasini oshirish va muammolarni joyida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.