Yangiliklar

Deputat aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi va bemorlar bilan suhbatlashdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Axmad Andayev Paxtakor tumani hududidagi tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaqindan o‘rgandi. Deputat shifokorlar va hamshiralar bilan suhbatlashib, tibbiy xizmat jarayoni, bemorlar bilan ishlash va diagnostika imkoniyatlarini tekshirdi.

Shuningdek, bemorlar bilan muloqot qilib, ularning ehtiyojlari, shikoyatlari va takliflarini tingladi. Ushbu tashrif natijasida aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish holatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bu ish hududdagi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va bemorlar manfaatlarini himoya qilishga qaratildi.

Slide 1 of 1