Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratovaning deputat so‘rovi va tashabbusi asosida muhim qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, deputatlik vakant bo‘lgan Oltiqahramon mahallasidagi Ulug‘yo‘l ko‘chasi hamda boshqa aholi punktlari ko‘chalari va ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha 665-sonli qaror asosida ta’mirlash ishlari uchun manzilli ro‘yxatga kiritildi.
Mazkur qaror ijrosi doirasida:
yo‘llarni ta’mirlash,
infratuzilani yaxshilash,
aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish
kabi muhim ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ushbu masala Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida kun tartibiga kiritiladi.
Bu kabi tashabbuslar mahallalarda obodonchilik darajasini oshirish va aholining turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.