Yangiliklar

Ta’lim sifatiga e’tibor: deputat o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi raisi, deputat Shohhasan Suvonqulov tumandagi o‘quv markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida hududdagi bir qator ta’lim maskanlarida bo‘ldi. 

Tashrif davomida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilarga berilayotgan bilim sifati o‘rganildi.

Avvalo, markazlarda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasi va o‘qituvchilarning malakasiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishi, ularning natijalari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan suhbatlar olib borildi.

Deputat o‘z so‘zida yoshlarning bilim olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 5