Uchtepa mahallasida Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi raisi 18-Qaxramon saylov okrug deputati Sh.Qudratov rahbarligida hokim yordamchilari, mahalla faollari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash va Sayxunobod tajribasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalar xususida seminar bo‘lib o‘tdi. Mahallardagi hokim yordamchilari va Uchtepa mahallasi yettiligi, oqsoqollari ishtirok etgan mazkur seminar davomida vazifalar yuzasidan mahalla faollariga muhim tavsiyalar berilib, mahallada amalga oshirilgan ishlar xonadonlar misolida o‘rganildi.