Yangiliklar

Shovot tumanida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi rivoji e’tiborda.

📅 2025-yil 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tibbiyot sohasidagi ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Shovot tumanida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

📍 Shu kuni tuman Kengashi deputatlari tomonidan Bo‘ston mahallasida joylashgan 16-sonli oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurilib, ushbu tibbiyot maskanida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

🔍 Tashrif davomida shifokorlik punktini zamonaviylashtirish, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi. Deputatlar joylardagi muammolarni joyida o‘rganib, taklif va tavsiyalar bildirdilar.

🔧 Ushbu ishlar mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, birlamchi tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 4