Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari Z.Sodiqova va O.Toirov “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi hamda mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv davomida yettilik rahbarlarining hisobotlari tinglanib, fuqarolarning dolzarb muammolari va takliflari o‘rganildi. Muammolarning yechimiga oid takliflar joyida muhokama qilinib, tegishli tashkilotlarga yetkazish rejalashtirildi.Bunday uchrashuvlar aholining murojaatlarini bevosita eshitish, ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.