Chinoz tumani "Dehqonobod" mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 9256-sonli harbiy qismda "Men vatanimga xizmat qilaman" mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda uch avlod vakillari Vatanga sadoqat haqida suhbatlashdiiar.
Ushbu tadbirda DXX Chegara qoʻshinlari faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik B.Alamov, Chinoz tumani "Nuroniy" jamgʻarmasi raisi, tuman Kengashi deputati M.Mirsodiqov, DXX Chegara qoʻshinlari faxriysi podpolkovnik J.Shokirov, Toshkent amaliy fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Oʻ.Davletov, mahalla faollari, Keksalar maslahati guruhi, Afgʻon urushi qatnashchilari va yangi xizmatga kelgan askarlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida harbiy xizmatdan nafaqaga chiqqan nuroniylar oʻz hayot yoʻllari haqida soʻzlab berdilar. Ishtirokchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov