Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotib

Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Kengashning 6-Sayram okrugi deputati Shoanvar Shomaxmudov va tuman mutasaddilari tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masala atroflicha ko‘zdan kechirilib, mavjud holat va muammoning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Murojaatda ko‘tarilgan masalani hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish hamda uning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar hamda masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 6