🏆 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARINI RAG‘BATLANTIRISH TARTIBI
📌 Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishlarida muntazam ishtirok etib, muhokama jarayonlarida o‘z takliflari bilan faol qatnashgan, tahliliy materiallar ishlab chiqish hamda nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazishga ko‘maklashgan va ularda faol ishtirok etgan, shuningdek, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishda jonbozlik ko‘rsatgan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari rag‘batlantirilishi mumkin.
🎖 Rag‘batlantirish shakllari:
mahalliy Kengash raisi tashabbusi bilan tashakkurnoma e’lon qilish;
mahalliy Kengash doimiy komissiyasi tashabbusi bilan tashakkurnoma e’lon qilish;
soha bo‘yicha tegishli davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa shakllarda rag‘batlantirish.
🤝 Yoshlar maslahat guruhi a’zolarini rag‘batlantirish ularning mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ishtirokini yanada faollashtirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning jamoatchilik hayotidagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube