Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

O‘rganish davomida aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga manzilli yondashish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholining roziligini ta’minlash va mahalladagi ijtimoiy muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Aholi murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida. Mahalla yettiligining samarali faoliyati fuqarolar muammolarini joyida aniqlash va ularni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.