Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S. Sadikov Xonqa tumani Kengashi raisi J. Shonazarov bilan birgalikda Xonqa tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 47-son oilaviy poliklinikada o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2020-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-644-son Qonun talablarining ijrosi ko‘rib chiqildi.
Jumladan, narkologik kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, fuqarolarga tibbiy-profilaktik yordam ko‘rsatish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, poliklinikada narkologik kasalliklar profilaktikasi yo‘nalishidagi targ‘ibot-tushuntirish ishlari va mavjud muammolar ko‘rib chiqilib, mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.