Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏘️ KO'CHABOSHILAR BILAN AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA

📍 Qumyop mahallasi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova Qumyop mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, ko‘chaboshilar hamrohligida aholi bilan muloqot qildi.
🤝 Maqsad:
— fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash;
— mavjud ijtimoiy va infratuzilmaviy masalalarni o‘rganish;
— murojaat va takliflarni tinglash;
— aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini belgilash.
🔎 “Xonadonbay” yondashuv — muammolarni joyida aniqlash va amaliy yechim topishning muhim omili.
Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!