Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

5-oktyabr — 9-oktyabr kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

5-oktyabr — 9-oktyabr kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

🔹 05.10.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi va  Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Uzun tumani Kengashi o‘zaro tajriba almashadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

🔹 06.10.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY Yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 07.10.2026 —  Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha”, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha va Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D. D.Xodjanov

🔹 08.10.2026 — Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov shu oyda sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib, o‘rganish ishlarini olib boradi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 09.10.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna o‘zi saylangan “Taxiatosh” MFY 9-O‘zbekiston salov okrugi hududida joylashgan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganadi.
 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov