Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Markaziy” MFY hududidagi ichki yo‘llar hamda yangi barpo etilayotgan trotuarlarda olib borilayotgan ishlarning borishini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.
🔎 O‘rganish davomida yo‘l va piyodalar yo‘laklarini barpo etish ishlari, ularning bajarilish holati hamda mavjud masalalarga e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.