Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📝 Yig‘ilishda Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Ismailovning joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
🔎 Hisobot doirasida hududdagi jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.