Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
19¹-modda
DEPUTATLIK NAZORATI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida 11-Chuqurko‘l saylov okrugidan saylangan deputat T.Shodiyevning saylov okrugiga qarashli “Chuqurko‘l” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori ijrosi doirasida yangidan ta’mirdan chiqarilgan 67-sonli umumta’lim maktabining holati ko‘zdan kechirildi.

🏫 Maktab binosida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim oluvchilar uchun mavjud imkoniyatlar o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 6