Aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda bolalar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida hududlardagi sport maydonchalari va bolalar o‘yingohlarining holati o‘rganildi.
🔎 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan aholi uchun mo‘ljallangan sport maydonchalari hamda bolalar maydonchalari ko‘zdan kechirildi.
🛝 O‘rganish davomida maydonchalarning umumiy holati, mavjud jihozlarning sozligi, sanitariya va obodonlashtirish darajasi, shuningdek, ulardan aholining foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
⚽️ Sport maydonchalari yoshlar va aholining faol dam olishi uchun muhim maskan bo‘lsa,
👧🧒 bolalar maydonchalari kichkintoylarning xavfsiz va maroqli vaqt o‘tkazishida muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud infratuzilmani yaxshilash va maydonchalardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Aholi uchun qulay, obod va xavfsiz muhit yaratish — doimiy e’tiborda!