Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

E’tibor va e’zozdagi ayollar

Bugun Parkent tuman hokimligi tomonidan Krasnogorsk hududidagi "Chotqol" madaniyat markazida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayramga tuman Kengashi deputatlari, turli davlat va jamoat tashkilotlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda nafaqadagi onaxonlar taklif etildi. Bayram tadbirida tuman Kengashi ayol deputatlari, tumanimizning turli davlat va jamoat tashkilotlarida mehnat qilayotgan bir guruh xotin-qizlar hamda kam ta’minlangan, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan ayollar, mehnat faxriy onaxonlarga hokimlikning bayram sovg‘alari topshirildi.

Slide 1 of 1