Yangiliklar

“Rayhon” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning qonuniy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalani tegishli tartibda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Jumladan, “Rayhon” MFY, A.T. Xo‘qandiy mavzesi, 89-uy, 15-xonadonda yashovchi II guruh nogironi Ne’matjonova Ma’muraxon bepul davolanish uchun yo‘llanma ajratish hamda uy-joy bilan ta’minlash masalasida murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan fuqaro Ne’matjonova Ma’muraxon bilan batafsil suhbat o‘tkazilib, uning murojaatida ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

Murojaatni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, fuqaroning ehtiyojlaridan kelib chiqib tegishli yordam mexanizmlarini ko‘rib chiqish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4