Yangiliklar

Ko‘chalardagi muammolar o‘rganildi

Ko‘chalardagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 6-At-Termiziy saylov okrugi deputati B. Umarov hamda kotibiyat mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan deputat saylangan Kelajak MFY hududidagi Barhayot va Mehnatobod ko‘chalarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘chalarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, ko‘chalarni toshlash va obodonlashtirish yuzasidan murojaat mavjudligi aniqlandi.

Fuqarolarning mazkur masala bo‘yicha murojaati murojaatlar daftariga qayd etilib, tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda muammoni hal etish yuzasidan choralar ko‘rish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5