Yangiliklar

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 27-aprel – 1-may)

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining haftalik ish rejasi
(2026-yil 27-aprel – 1-may)

Joriy haftada Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish, aholi muammolarini aniqlash hamda ularni hal etishga qaratilgan tadbirlar quyidagicha tashkil etiladi:

🔹 27-aprel

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish.
29-Xalqlar do‘stligi okrugi deputati M.Jabbarova tomonidan “Ziyokor” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar samaradorligini o‘rganish.
Mas’ullar: Kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar

🔹 28-aprel

Shahar jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlari holati va chipta tizimi qulayligini o‘rganish.
3-Yangi qurilish okrugi deputati Z.Sapaev tomonidan “Chaman” MFYda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish.
Mas’ullar: Kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar

🔹 29-aprel

Qo‘shimcha o‘rganish va nazorat tadbirlarini amalga oshirish.
Mas’ullar: Kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar

🔹 30-aprel

Kengash raisi va Kotibiyat mudiri tomonidan 25-Yuksalish okrugi “Uchqun” MFYda “Mahalla yettiligi” ishtirokida sayyor qabul o‘tkazish.
“Deputatlar kuni” doirasida deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi muammolarni o‘rganish va nazorat-tahlil ishlarini olib borish.
Mas’ullar: Kengash raisi, Kotibiyat mudiri va deputatlar

🔹 1-may

Shahar hududidagi parklar, xiyobonlar va bog‘lar holatini o‘rganish.
30-Nurobod okrugi deputati O.Yusupov tomonidan “Alpomish” MFYda soliq inspektori faoliyatini o‘rganish.
7-Nurafshon okrugi “Baynalmilal” MFYda hamda 8-Obihayot okrugi deputati Yo.Mahkamova tomonidan “Ravnaq” MFYda PQ-402-son qaror ijrosini o‘rganish.
Mas’ullar: Kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar
 

Slide 1 of 1