Yangiliklar

Qo‘ng‘irot MFYdagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Qo‘ng‘irot MFYdagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R.Shamanov saylangan Qo‘ng‘irot MFY hududidagi ichki yo‘llarning holati mutaxassis K.Abdullayeva tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida ta’mirlangan va asfalt qilingan ichki yo‘llar, ularning bugungi holati, yo‘l qoplamasining sifati hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, asfaltlangan ko‘chalarda bajarilgan ishlarning holati, foydalanish uchun yaroqliligi va yo‘l infratuzilmasida mavjud muammolar o‘rganildi.

Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va takliflar berilib, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash va aholi uchun qulay transport sharoitlarini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.