Joriy yilning 25-fevral kuni Toshkent viloyati Parkent tumani 5-IDUMda "Ilmli ayol- jamiyat ko'zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati bo'lib o'tdi. Xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ushbu tadbirda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari Mahkamova Feruza Sa`diyevna, Ashirmatova Xurshida Soliyevna, Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna va rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan ayollar ishtirok etdilar.Davra suhbati qiziqarli va jonli, savol-javoblarga boy tarzda tashkil etildi.