Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 46-maktabda deputatlik nazorati amalga oshirildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati Nuriddinov Iskandar Fayzullayevich Chorbog‘ mahallasida joylashgan 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabdagi mavjud holatni o‘rgandi.

🔍 O‘rganish davomida ta’lim sifati va qonunchilik hujjatlari ijrosi, o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, maktab hududining obodonlashtirilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

❄️ Shuningdek, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, isitish tizimlari, bino va inshootlarning mavsumga tayyorligi hamda zarur sharoitlarning mavjudligi o‘rganildi.

📚 O‘quvchilar davomati, sababsiz dars qoldirishlarning oldini olish hamda maktab ma’muriyati, mahalla va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4