Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YO‘L INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI

YO‘L INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda tuman Kengashi deputati Z. Rahimova Bog‘zor mahallasida bo‘lib, hududdagi yo‘l infratuzilmasining holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning mavjud holati, aholining harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘l qoplamalarining holati hamda obodonlashtirish va ta’mirlashga ehtiyoj mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hudud aholisi bilan muloqot qilinib, yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammo va takliflar tinglandi. Aholining kundalik hayoti uchun muhim bo‘lgan ushbu masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 1