Yo‘l xaritalarida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Xakimov tomonidan o‘zi saylangan Sabzipoya MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi manzilli o‘rganildi.
O‘rganish mahalla raisi bilan birgalikda amalga oshirilib, hududda belgilangan vazifalarning bajarilish holati, amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratida bo‘lib, o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.