Bugun Oliy Majlis Senatining fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tumanimizda bo‘ldi. Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Sh.Negmatov, kotibiyat mudiri S.Usmonov hamda tuman hokimi Sh.Qudratov ishtirokida tuman kengashi deputatlari, doimiy komissiya a’zolari, kotibiyat xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.