📌 Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, yechimlar belgilanmoqda
🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tumani hokimi U. Alimov ishtirokida tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi ochiq qabul o‘tkazildi.
🗣️ Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan qabul davomida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha tinglandi.
📋 Jumladan, fuqarolar tomonidan:
📌 bandlikni ta’minlash;
📌 tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
📌 kommunal xizmatlar sifati;
📌 infratuzilmani yaxshilash;
📌 moddiy yordam;
📌 uy-joy, yer va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
✅ Har bir murojaat mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🔎 Qabul jarayonida ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.