35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isaeva tomonidan tumandagi 19-Tim saylov okrugi hududida joylashgan Arabota mahallasida mahalla yettiligi hamda deputatga biriktirilgan tashkilot vakili bilan hamkorlikda saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar hamda takliflar bildirildi.

Deputat G.Isaeva saylovchilar tomonidan ko'tarilgan muammolarni atroflicha o'rganib, ularni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlariga amaliy taklif hamda tavsiyalar berdi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda zarur choralar ko'rilishi va ijrosi nazoratga olinishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 1