Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova tomonidan Suvonobod mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, xonadonlarni toza va ozoda saqlash bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Suhbat davomida xonadonlar va ularning atroflarini obod saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda mahalla hududida tozalikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Fuqarolarni mahallani obod va ozoda saqlash ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.