35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“KATTA XASANBOY”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Azimova Gulirano tomonidan “Katta Xasanboy” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

👉O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

✅Mazkur masala deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida ko‘rib chiqilib, hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik holati muhokama qilindi.

📝Shuningdek, mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar deputatlik nazorati doirasida tahlil qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3