Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyati mudiri U.Kuryazov hamda viloyat Kengashi deputati S.Sadikov Xonqa tumani “Tayanch” MFYdagi ichki ko‘cha yo‘llari holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
🔍 O‘rganishlar davomida:
💩 Mahalla aholisining yo‘llar sifatiga oid murojaatlari tinglandi;
💩 Ichki ko‘chalarning mavjud holati atroflicha ko‘zdan kechirildi;
💩 Yo‘llarda qatnov qulayligini oshirish va infratuzilmani yaxshilash maqsadida mazkur ko‘chalarga SHPS (shag‘al-qum aralashmasi) yotqizish masalasi muhokama qilindi.
📝 Amaliy qadam: Muhokamalar yakunida ushbu muammoni tezkor va ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritishga kelishib olindi.
✅ Har bir murojaat nazoratda, har bir muammo yechimi sari! Xalq manfaatlari yo‘lida deputatlik nazorati izchil davom etadi.