35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda

🏫📋 Deputatlik nazorati doirasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida "Navbur" mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish hamda infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

📋 Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar tinglanib, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

🤝 Uchrashuv yakunida aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 4