🩺 AHOLI SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
Xalq deputatlari Baxmal tumanidan 11-Gulbuloq saylov okrugidan Jizzax viloyati Kengashiga saylangan deputat U. O‘razboyev hamda tuman Kengashi deputati O'.Hamrayevlar hamkorligida Baxmal tumani “Gulbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🩺 Tashrif davomida mahalla aholisi uchun ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining maxsus ishchi guruhi va malakali mutaxassislari tomonidan aholiga tibbiy ko‘rik va maslahatlar berilayotgani ta’kidlandi.
🤝 Shuningdek, tibbiyot muassasasi xodimlari bilan muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashildi.