🏗️ Deputat tashabbusi – maktab ravnaqi yo‘lida!
💧 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tashabbusi bilan “Mehnatobod” mahallasi hududidagi 19-son umumta’lim maktabida ichimlik suvi zaxirasini saqlash uchun maxsus hovuz qurilishi ishlari olib borilmoqda.
📚 Mazkur tashabbus ta’lim muassasasini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay sharoit yaratish hamda maktab infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
🌱 Bugun amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib sharoitda kamol topishiga munosib hissa qo‘shmoqda.
🤝 Ezgu tashabbuslar va xayrli ishlar izchil davom etmoqda!