35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🛣 Aholi murojaati deputatlik nazoratida

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S.Abdulaxatova tomonidan “Kattabog‘” mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🌱 O‘rganish davomida mahallaning “Navro‘z” ko‘chasining 500 metr qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi. Fuqarolar tomonidan ushbu ko‘cha qismini asfaltlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat bildirildi.

📄 Mazkur murojaatni ijobiy hal etish hamda mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida Sherobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2