Yangiliklar

Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Niyozova Demas mahallasi raisi bilan hamkorlikda o‘z saylov okrugidagi aholi bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi.

Muloqot davomida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari, taklif va muammolari batafsil tinglanib, ularning mazmuni yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan, kommunal xizmatlar, infratuzilma, ijtimoiy soha hamda boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar qayd etildi.

Har bir murojaat yuzasidan tegishli tartibda huquqiy va amaliy choralar ko‘rish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, vakolatli idoralar tomonidan muammolarga yechim topish uchun tegishli deputat so‘rovlari tayyorlanmoqda va belgilangan tartibda yuborilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 2