Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "Dehqonariq" mahallasida saylovchilar bilan individual uchrashuv va suhbatlar o‘tkazildi.

💬 Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar atroflicha o‘rganildi. Xususan, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, infratuzilma, kommunal xizmatlar, bandlik hamda mahalla hayotiga oid boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📝 Har bir murojaat tegishliligi bo‘yicha qayd etilib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq hal etish hamda mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechim topish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

🤝 Saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3