Yangiliklar

#doimiy_komissiya_bayoni
#doimiy_komissiya_bayoni

Kogon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 6-iyul kungi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2026-yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga o‘zgartirish kiritish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Shahar hokimi o‘rinbosari A.Raximov tomonidan taqdim etilgan taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli takliflar Kengashning navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash