Yangiliklar

”OQTEPA” MAHALLASIDA QIZLAR UCHUN TO‘GARAK FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning kasb-hunar ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov Nig‘matilla tashabbusi bilan “Oqtepa” mahallasida qizlar uchun to‘quvchilik (to‘qish) to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🧶To‘garak davomida ishtirokchilarga to‘quvchilik sir-asrorlari o‘rgatilmoqda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mehnatsevarlik va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb etish hamda kelgusida daromad keltiruvchi hunar egallashlariga xizmat qiladi.

👫Yunusobod tumanida yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday amaliy tashabbuslar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3