Yangiliklar

Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida ilm-fan va ta’lim tizimini rivojlantirish, davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish, pedagoglarning huquqiy maqomini mustahkamlash hamda zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega etib tarbiyalash hamda pedagoglarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

📝 Ilm-fan va ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonun (yangi tahrir)

📆 №167-I | Qabul qilingan sana: 21.12.1995

🔺 Mazkur qonun davlat tilining huquqiy maqomini belgilaydi, uning jamiyatning barcha sohalarida to‘liq va samarali qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

📝 “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-576 | Qabul qilingan sana: 29.10.2019

🔺 Ushbu qonun ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-595 | Qabul qilingan sana: 16.12.2019

🔺 Mazkur qonun maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishini ta’minlash hamda ularni maktab ta’limiga puxta tayyorlashga qaratilgan.

📝 “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-637 | Qabul qilingan sana: 23.09.2020

🔺 Qonun uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-901 | Qabul qilingan sana: 01.02.2024

🔺 Ushbu qonun pedagoglarning kasbiy huquqlari, ijtimoiy kafolatlari va maqomini mustahkamlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda ta’lim tizimidagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan rivojini qo‘llab-quvvatlash, davlat tilining nufuzini yuksaltirish hamda pedagoglarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlarni samarali amalga oshirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1